Amity universiteti 2024-yil uchun qabul jarayonini boshlaydi
Bilimlar, muvaffaqiyat va yutuqlar tomon yoʻlingizni boshlash uchun bizga qoʻshiling!
Biz — butun dunyoda yuqori sifatli ta’limni taklif qiluvchi Amity Education Group ta’lim guruhining bir boʻlagimiz.
Biz 200 000 nafar talabamiz bilan birgalikda joʻshqin va ilhomlantiruvchi oʻquv hamjamiyatini yaratib kelmoqdamiz.
Amity universiteti 17 ta mamlakat,
jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Singapur, Hindiston va koʻplab boshqa mamlakatlarda xalqaro kampuslarga ega. Biz koʻp yillik tajribamiz hamda oʻzimiz taklif qiladigan ta’lim sifati bilan faxrlanamiz.
Amity universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoʻllab-quvvatlovi bilan 100% grantga ega boʻlishdek takrorlanmas imkoniyatni taqdim etadi. Ushbu grant butun oʻquv davomida barcha xarajatlarni qoplaydi. Dasturda ishtirok etish uchun kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplab, Amity universitetiga oʻqishga kirish lozim. Eng sara talabalarga grant yutib olish uchun qoʻshimcha imtihondan oʻtish imkoniyati taqdim etiladi.
U birinchi kursdan soʻng eng sara talabalar orasida oʻqishda erishilgan yutuqlar asosida taqdim etiladi. Chegirma miqdori — ta’lim qiymatidan 20%
Barcha ta’lim dasturlari uchun oʻzlashtirish natijasiga koʻra chegirmalar
Amity universiteti bitiruvchilari uchun chegirma
Amity universitetida bakalavriat dasturini yakunlagan talabalarga tegishli bakalavriat dasturida olingan ballar asosida magistraturada oʻqish uchun ta’lim qiymatidan 10% miqdorda chegirma taqdim etiladi.
Oilaviy chegirma
Bir oiladan ikkinchi farzand Toshkentdagi Amity universitetiga oʻqishga kirsa, unga oʻquv qiymatidan 10% miqdorda chegirma taqdim etiladi.
Grant ta’minoti

Hamkor kompaniyalar
Amity universitetining 85%dan ortiq bitiruvchilari ishga joylashgan, ularning koʻpchiligi mutaxassisligi boʻyicha Huawei, Uzcard, UzTelecom, AloqaBank, EPAM, UzAuto va boshqa shu kabi kompaniyalarda ishlaydi.
Huawei — telekommunikatsion texnologiyalar sohasida xalqaro yetakchi hamda tarmoq jihozlari va uyali qurilmalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
UzCard — Oʻzbekistonda keng turdagi moliyaviy xizmatlar va elektron toʻlov yechimlarini ta’minlovchi milliy toʻlov tizimi.
IT Park — Oʻzbekistonda IT-sanoatini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratuvchi hamda startaplar va texnologik kompaniyalarga ofis binolari va oʻz koʻmagini taklif qiluvchi innovatsion texnopark.
Uzinfocom — Oʻzbekistonda internet, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari boʻyicha xizmatlarni taqdim etuvchi milliy aloqa operatori.
UzAuto Motors — Oʻzbekistonda Chevrolet, Ravon va SamAuto rusumlari ostida yengil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eng yirik korxona.
EPAM — davlat xizmatlarini raqamlashtirishga ixtisoslashgan axborot texnologiyalari sohasidagi davlat va xususiy buyurtmachilar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniya.
SAP talabalar almashish dasturi bu — Toshkentdagi Amity universiteti talabalariga Amity tarmogʻining boshqa kampuslarida oʻqish imkonini beruvchi dastur
SAP dasturi talabalarga boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishish, oʻz bilimlari va koʻnikmalarini oshirish hamda yangi tanishlar orttirish kabi betakror imkoniyatni taqdim etadi. Dastur vaqtida talabalar xorijdagi universitetda oʻquv mashgʻulotlariga qatnaydi, talabalar turargohida yashaydi hamda turli tadbir va dasturlarda ishtirok etadi.